21:58 / 10.10.2019
4 560

"Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi: Snayper jonli efirdagi jurnalistlarga o‘q uzdi (video)

"Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi: Snayper jonli efirdagi jurnalistlarga o‘q uzdi (video)
Turkiyaning Suriyaga chegara qismida jonli efir olib borayotgan TV jamoasiga qarata snayper o‘q uzdi. Jonli efir to‘xtatildi. Turkiya ayni vaqtda Shimoliy Suriyada terrorchilarni mintaqada yo‘q qilish uchun “Barış pınarı” (Tinchlik bulog‘i/Peace Spring) harbiy amaliyotini olib bormoqda.

Turkiyaning Suriyadagi “Barış pınarı” (Tinchlik bulog‘i/Peace Spring) harbiy amaliyotini jonli efirda yoritayotgan jurnalistlar tahlikada qoldi.
TV jamoasi ularga qarata snayperning o‘q uzishi tufayli uni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Bugun Turkiya armiyasi Suriyaning shimolidagi PYD/PKK va IShID terrorchi guruhlarga qarshi kecha boshlagan harbiy amaliyotning ikkinchi bosqichi boshlangandi. Kecha qiruvchi samolyotlar 200ga yaqin terrorchilar manzillarini nishonga olgandi. Turk qo‘shinlari Shimoliy Suriyaga o‘tib rasman quruqlikdagi operatsiyalarni boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi: Snayper jonli efirdagi jurnalistlarga o‘q uzdi (video)