Qozog‘istonlik siyosatchi Yerbol Yedilov o‘z Telegram-kanalida prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning o‘g‘li surati bilan bo‘lishdi. Ta’kidlanishicha, ushbu surat Qozog‘iston prezidenti o‘g‘li Timur Toqayevning ilk e’lon qilingan surati hisoblanadi.
Ochiq manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Timur Toqayev Qozog‘iston prezidentining yagona o‘g‘li hisoblanadi. Yedilovning ta’kidlashicha, Timur 2009 yilda “Qozog‘iston Respublikasining G‘arbga nisbatan strategiyasi” mavzusida dissertatsiya ishini himoyalagan va otasi kabi siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. Timurning yoshi 35 da bo‘lib, neft sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.
Timur Toqayev
Shuningdek, u o‘z bobosi Kamol Toqayev nomidagi xayriya jamg‘armasini boshqaradi.
Ta’kidlanishicha, Qosim-Jo‘mart Toqayev rafiqasi bilan ajrashgan bo‘lib, bu ma’lumot Qozog‘iston prezidentining tarjima holida ko‘rsatib o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi