13:16 / 15.10.2019
4 917

Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qutqarildi

Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qutqarildi
Foto: «TASS»
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qazib olindi. Hozir u shifoxonada, deb yozmoqda «Xabar» nashri.
Go‘dakni o‘lgan qizini ko‘mayotgan qishloq fuqarosi topib olgan. Qizchani sopol xumchaga solib, taxminan 90 sm yer ostiga ko‘mib qo‘yishgan. Uni shu zahoti shifoxonaga olib borishgan. Hozir chaqaloqning salomatligi tiklanmoqda, deb yozadi «BBC».

Politsiya hodisa yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborgan.
«Bolaning ota-onasini topishga urinyapmiz. Ular o‘zaro kelishib shunday qilishgan, degan gumondamiz», — deydi mahalliy politsiya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kishi tug‘ilgan zahoti hayotdan ko‘z yumgan o‘z qizi uchun qabr qaziyotganda kuragi bexosdan xumchaga tegib ketadi. Ochib qarasa, ichida, ne ko‘z bilan ko‘rsinki — tirik chaqaloq.

Hindistonda qizlar, ayniqsa, aholining nochor qatlami uchun moliyaviy muammo hisoblanadi. Shu bois tug‘ilgan zahoti bolalarni o‘ldirish holatlari ko‘p uchraydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qutqarildi