22:57 / 15.10.2019
12 012

Tojikistonlik erkak 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi

Tojikistonlik erkak 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi
Rossiyaning Ufa shahrida 44 yoshli tojikistonlik erkak onasining hujjatlari bilan bog‘liq muammolarini ro‘kach qilib 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, tojikistonlik Komiljon Turaboyev qizning oilasining yaqin tanishi bo‘lgan. Qiz bo‘lib o‘tgan voqea haqida o‘zining yaqin do‘sti Islomiddinga aytib bergan. Yigit qizning onasini huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga ko‘ndirgan.

Shundan so‘ng qiz va uning singillari ijtimoiy boshpanaga, onasi esa chet ellik fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasiga yuborilgan.

Qiz, shuningdek, videomurojaat yozib olgan bo‘lib, unda erkak qizni uning onasini deportatsiya qilish bilan, singillarini esa maktabdan haydash bilan qo‘rqitganini aytgan. «Men undan qo‘rqar edim, lekin oilam uchun chidardim», — degan jabrlangan qiz videomurojaatda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonlik erkak 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi