Mashhur o‘qituvchi-bloger Isroil Tillaboyev hozir Tailandda sayohat qilib yurganini ko‘rib, Tailand tarixiga qiziqdim. Tailandliklar Janubiy Osiyoda koloniya bo‘lmagan yagona mamlakat ekanligidan g‘ururlanadi. Bu diqqatga arziydi. Tailandning qo‘shnilari Birma, Laos, Kambodja va Malayziya, boringki, nariroqdagi ulkan Xitoy, Hindiston va Indoneziyalar ham mustamlakachilar zulmini boshidan o‘tkazgan, ammo Tailandni kibor g‘arbliklar bo‘ysundirmagan. Xo‘sh, buning sababi nima?
Sabablar ko‘p. Quyida bir-bir sanaymiz.
1. Tailandliklar biz erksevar, ahil, jangovar, hur millat bo‘lganligimiz uchun Yevropa yenga olmagan, deb hisoblashadi va bundan g‘urur hissini tuyishadi. Albatta, bunda mubolag‘a bor, ammo taylarga e’tiroz bildirsangiz, ko‘ngli og‘rib qoladi.
2. Geografik determinizmchilar va tarixchilarning fikricha, Osiyoga qarab yurish qilgan yevropaliklarning asosiy maqsadi Xitoyga kirish bo‘lgan. Xaritaga qarasangiz, Tailand orqali Xitoyga kirish eng nomaqbul yo‘l hisoblanadi. Sharq tomoni ochiq, janubida Bangladesh, Birma kabi kuchsiz davlatlar turganda noqulay Tailand orqali Xitoyga borishdan ma’no yo‘q. Qolaversa, muay-tay usulida zarba yegan ovro‘palik baraka topmasligi aniq.
3. Qarangki, bu borada ruslarning ham ko‘zqarashi bor ekan. Janubiy Osiyoni yevropaliklar xomtalash qilayotgan bir paytda sharqida Fransiya, g‘arbida Britaniya tish qayrab turgan Tailand qiroli navbat o‘ziga kelayotganini fahmlab, Rossiya imperatori Nikolayning oldiga shoshilinch safar qiladi va siam mushukchalari bilan uning ko‘nglini ovlab himoya olishga erishadi. Shunday qilib, Toni Jaaning bobolari mustamlaka xavfidan xalos bo‘lishadi.
Ana shunaqa gaplar. Bu vaqtda bizda Chor Rossiyasining vassallari bo‘lmish xonu amirlar zulmidan charchagan turkistonliklarning inqilobiy kayfiyati pishib yetilayotgandi.
Shukurjon Islomov
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!