07:07 / 18.10.2019
3 106

Qozog‘istonda ishlash uchun qancha o‘zbekistonlikka ruxsatnoma berildi?

Qozog‘istonda ishlash uchun qancha o‘zbekistonlikka ruxsatnoma berildi?
Qozog‘istonda joriy yilning boshidan beri chet elliklarni ishga yollash uchun 20 ming 938 ta ruxsatnoma berildi. Bu haqda Qozog‘iston mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligiga tayangan holda “Fergana” agentligi xabar bermoqda.

Bu ruxsatnomalar asosan rahbar xodimlar, mutaxassislar va malakali ishchilarga berilgan. Ikki mingdan ortiq kishi mavsumiy ishlarga jalb etilgan.

Joriy yilda Qozog‘iston kompaniyalariga mehnat migrantlari asosan Xitoydan keldi – 4,4 ming kishi. O‘zbekistondan 2,3 ming, Hindistondan 1,8 ming, Turkiyadan 1,8 ming va Buyuk Britaniyadan 1,4 ming kishi ishlash uchun kelgan.

Qozog‘iston ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida chet eldan ishchi yollashga kvota belgilab qo‘ygan. 2019 yilda bu kvota iqtisodiy faol aholining 0,54 foiziga yoki 48,7 ming kishiga teng bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ishlash uchun qancha o‘zbekistonlikka ruxsatnoma berildi?