14:41 / 19.10.2019
2 884

Ukraina 30 yil ichida qariyb 11 million kishi yo‘qotdi

Ukraina 30 yil ichida qariyb 11 million kishi yo‘qotdi
Foto:«Day.kyiv.ua»
2019 yilning dastlabki sakkiz oyida Ukraina aholisi 177 ming kishiga kamaydi. Bu haqda Ukraina davlat statistika xizmatiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
1 sentyabr holatiga, mamlakatda 41,976 million inson istiqomat qilishayotgani aytilgan bo‘lsa, 2019 yil boshida bu ko‘rsatkich 42,153 millionni tashkil qilgan.

Vafot etganlar soni tug‘iluvchilardan ancha ko‘pligicha qolmoqda, 100 ta o‘lim holatiga 53 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelmoqda deya qo‘shimcha qilgan Departament matbuot xizmati.
Shuni ta’kidlash joizki, aholini baholashda Qrim, Sevastopol va Donbassning ayrim hududlari hisobga olinmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina aholisi 1991 yilda 52 millionni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina 30 yil ichida qariyb 11 million kishi yo‘qotdi