13:01 / 22.10.2019
6 402

Mashhur turk oshpazi Habibni qo‘rqitdi (video)

Mashhur turk oshpazi Habibni qo‘rqitdi (video)
Dog‘istonlik mashhur sportchi Habib Nurmagomedov doim tirjayib ovqatlar pishiradigan mashhur turk oshpazi Burak Ozdemirning mehmoni bo‘ldi.
Burak Habibga tuzda pishgan tovuq tayyorlab berdi va o‘zining tryuklarini ko‘rsatdi.

Tryuklardan birida Burak qaynoq taom solingan lagan va stakanni atay tushirib yuboradiganday qimirlatib, Habibni qo‘rqitdi.
Burak Habib uchun maxsus pishirgan nonni taqdim etdi.

"Vazn tashlash jarayonida doim uning quvnoq videolarini kuzataman. U o‘z ishining ustasi va juda qiziq inson" deb yozdi Habib o‘z Instagramida.
"Dunyoga mashhur chempion do‘stim Habib mehmonimiz bo‘ldi. Men do‘stimni juda yaxshi ko‘raman", dedi Burak Instagram sahifasida.

Instagramda Habibning 17,6 million, Burakning esa 11,4 million kuzatuvchilari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur turk oshpazi Habibni qo‘rqitdi (video)