10:12 / 25.10.2019
2 762

Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin harbiy politsiyachisi keldi

Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin harbiy politsiyachisi keldi
Foto: AFP
Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin yaqin harbiy politsiyachisi keldi, ular Turkiya chegarasidan kurd otryadlarini olib ketishda yordam beradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Avvalroq mudofaa vazirligidagi manba Suriyaga yangi vazifalar paydo bo‘lgani sababli yana 276 nafar harbiy politsiyachi va 33 ta texnika birligi tashlanishini ma’lum qilgan. Suriyaga Chechenistondan bo‘linma yo‘llangan.

Politsiyachilar aholining xavfsizligini ta’minlash va tartibni saqlash, patrullash va “kurd mudofaa otryadlari bo‘linmalari va ularning qurollarini Suriya-Turkiya chegarasidan 30 km nariga olib ketishda ko‘mak ko‘rsatish” bilan shug‘ullanadi.

Ta’kidlanishicha, Suriyaga eng katta tayyorgarlikka va bunday amaliyotlarda ishtirok etish tajribasiga ega harbiylar jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyaga Rossiyaning 300 ga yaqin harbiy politsiyachisi keldi