17:34 / 25.10.2019
5 113

Ekspert Yerga ulkan magnit bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Ekspert Yerga ulkan magnit bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirdi
Foto: «Alev.biz»
Rossiyaning Kosmik ob-havo markazi Yerga ulkan magnit bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirdi, deya xabar berdi «Argumenti.ru».
Ekspert Anatoliy Belov bu galgi magnit bo‘roni noodatiy uzoq davom etishi mumkin dedi.

Quyoshning ulkan tojsimon tuynugi sababli yuzaga kelgan magnit bo‘roni taxminan uch kungacha to‘xtamaydi. Belovning aytishicha, tabiat hodisasi salomatligi ob-havoga qarab o‘zgaruvchi kishilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, xususan, aritmiya, bosh og‘rig‘i, qon bosimining ko‘tarilib kelishi kabi oqibatlarga olib kelishi ehtimoli bor. «Mir 24» yozishicha, odatda bunaqa kunlarda shoshilinch tibbiy yordamlarga murojaatlar soni keskin ko‘payib ketadi.

Ekspertlarga ko‘ra, magnit bo‘ronlari odamlardan tashqari hayvonlar hamda elektron texnikaga ham ta’sirini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert Yerga ulkan magnit bo‘roni yaqinlashayotganidan ogohlantirdi