13:37 / 26.10.2019
2 582

Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishi yana 2 oyga uzaytirildi

Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishi yana 2 oyga uzaytirildi
Foto: RIA "Novosti"
Bishkek tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishini 2 oy, ya’ni 26 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Atamboyevga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida 26 oktyabrgacha hibsga olish qo‘llangandi. Endi esa bu chora 26 dekabrgacha uzaytiriladi.

Atamboyev hozirda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Atamboyev bir qator ayblovlar, jumladan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, garovga olishni tashkillashtirish, jinoyatchi Aziz Batukayevning turmadan noqonuniy ozod qilinishidagi korrupsiya, Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiyalashdagi korrupsiya, Qo‘y-Tosh qishlog‘i va Issiq-ko‘l viloyatida yer maydonlarini noqonuniy o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishi yana 2 oyga uzaytirildi