Ekspert olimlar sayyoramizni saqlab qolishi va boqishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat turini ma’lum qildi. Bular hasharotlardir, deya yozadi «CNN»ga tayanib Xabar.uz.
Olimlar aytishicha, «yaqin kelajakda siz kriket unidan tayyorlangan nonni maydalashingiz, hasharot kukunidan tayyorlangan oqsil sutidan ichishingiz mumkin».
Ushbu taom bugungi kunda iste’mol qilayotgan non, smetana, tuxumdan to‘rt baravar ko‘p temir, protein, uch baravar ko‘p oqsil va ko‘proq vitamin-minerallarni beradi. Hashoratlar sayyoramizni global ochlikdan saqlab qoladigan eng muqobil oziq turidir, deyiladi maqolada.
«Global Market Insights» tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, AQShda yeyiladigan hasharotlar bozori 2017 yilda 55 million dollarni tashkil qildi va 2024 yilga kelib 80 million dollargacha o‘sishi kutilmoqda.
Yevropa ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari asrning choragiga qadar 270 million dollarlik hasharotlarni iste’mol qilishi kutilmoqda.
Yuqori sifatli oqsilga bo‘lgan talabning oshishi, barqarorlik va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi kurash, o‘sib borayotgan talabni yanada ortirmoqda.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida eng ko‘p iste’mol qilinadigan hasharotlar guruhlari: chumolilar, qo‘ng‘izlar, asalarilar, tirtillar, sikadalar, kriketlar, ninachilar, pashshalar, chigirtkalar, barg qurtlari, termitlar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?