17:30 / 29.10.2019
6 737

Dunyodagi eng baxtli inson kimligi ma’lum qilindi

Dunyodagi eng baxtli inson kimligi ma’lum qilindi
Rikardni bir nechta mashhur ommaviy axborot vositalari "dunyodagi eng baxtli odam" deb tan olishgan. Metyu Rikard Viskonsin-Madison universitetida baxt mavzusida o‘tkazilgan tadqiqotda ko‘ngilli bo‘lib qatnashgan va uning baxt koeffitsiyenti qolgan yuzlab qatnashchilarnikidan ancha yuqori bo‘lgan.

Metyu Rikard Nepalda 1946 yil 15 fevralda tug‘ilgan. U fransuz yozuvchisi, fotograf, tarjimon va Nepaldagi Shechen Tennyi Dargeling monastirida yashaydigan buddist rohib hisoblanadi.

Metyu Rikard fransuz ziyoli shaxslari va ularning g‘oyalari ta’sirida o‘sgan. 1972 yilda u Pasteur Institutidan molekulyar genetika sohasi bo‘yicha fan doktori ilmiy unvonini olgan. Keyin u ilmiy karerasini tark etishga, asosan Himoloy tog‘larida yashashga va Tibet buddizmiga amal qilishga qaror qildi.

Rikard Idrok va hayot institutining boshqaruv a’zosidir. Karuna-Shechen bilan amalga oshirgan Sharqdagi insonparvarlik faoliyati uchun u Fransiya milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan, ushbu faoliyati mobaynida u 2000 yilda Rabjam Rinpoche bilan birgalikda notijorat tashkilot tuzgan. 1989 yildan beri u Dalay Lama Kengashi uchun fransuz tilidan tarjimon bo‘lib ishlaydi.

Keyinchalik Rikard Hindistonga borib, u yerda Himolayda Kangyur Rinpoche va boshqa shu sekta ulamolari bilan birga tahsil oldi. Rinpoche Tibet buddizmining yetakchi ustozlaridan edi. Rinpoche vafotiga qadar u Dilgo Xentse Rinpochening eng ishonchli shogirdi va yaqin do‘sti bo‘lib kelgan. O‘shandan beri Rikard o‘z umrini Xentse Rinpochening yo‘lini davom ettirishga bag‘ishladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baxtli inson kimligi ma’lum qilindi