22:00 / 28.10.2019
2 472

Yevropa Ittifoqi Brexitni kechiktirishga rozi bo‘ldi

Yevropa Ittifoqi Brexitni kechiktirishga rozi bo‘ldi
Oktyabr o‘rtalarida Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasi deputatlari bosh vazir Boris Jonsondan Yevroittifoqqa Brexit kechiktirilishi bo‘yicha so‘rov yuborishini talab qilishgan, ammo u mamlakat 31 oktyabrda YeIni tark etishini bildirgandi.

YeI tarkibidagi 27 mamlakat Brexit muddatini 31 yanvargacha uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Yevrokengash raisi Donald Tusk ma’lum qildi.
Avvalroq Buyuk Britaniya YeIdan chiqish muddatini 31 oktyabrdan 31 yanvargacha ortga surishni iltimos qilgandi.

"YeI tarkibidagi 27 mamlakat Buyuk Britaniyaning Brexit muddatini 2020 yil 31 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risidagi so‘rovini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtirilishi kutilmoqda", - deb yozdi Tusk Twitter sahifasida.

Oktyabr o‘rtalarida Britaniya parlamenti jamoatchilik palatasi deputatlari bosh vazir Boris Jonsondan Yevroittifoqqa Brexit kechiktirilishi bo‘yicha so‘rov yuborishini talab qilishgan, ammo u mamlakat 31 oktyabrda YeIni tark etishini bildirgandi.

"Brexit 31 oktyabrda amalga oshishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", - deb ta’kidlagandi Buyuk Britaniya bosh vaziri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi Brexitni kechiktirishga rozi bo‘ldi