23:10 / 28.10.2019
2 675

Donald Tramp: Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya videosi e’lon qilinishi mumkin

Donald Tramp: Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya videosi e’lon qilinishi mumkin
Donald Tramp Oq uyda Idlibdagi operatsiyaning borishini onlayn tarzda tomosha qilmoqda
Foto: RochesterFirst

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID terroristik tashkilotining rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi o‘tkazilgan harbiy operatsiya videosining bir qismi omma e’tiboriga havola qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo xabar berdi.

AQSh davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uyda videoni e’lon qilish masalasi muhokama etilmoqda.
«Operatsiya videosining muayyan qismini olib, uni e’lon qilishimiz mumkin», — deya ta’kidlagan Tramp jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.

27 oktyabr, yakshanba kuni IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Suriyaning Idlib viloyatidagi operatsiya vaqtida dushman qo‘liga tushmaslik uchun o‘zini-o‘zi portlatgani xabar qilingan, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu ma’lumotni tasdiqlagandi. Keyinchalik Eron axborot texnologiyalari va aloqa vaziri ushbu harakatga Amerika o‘zi yaratgan IShID yetakchisini o‘ldirdi deya izoh bergandi. Xabarlarga ko‘ra, Bag‘dodiyning o‘rnini uning yonida o‘n yildan ortiq vaqt davomida birga yurgan Iroq sobiq zobiti Abdulla Qardosh egallagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya videosi e’lon qilinishi mumkin