Yevropa janubiy observatoriyasi astronomlari Quyosh tizimida yangi Gigeya mitti sayyorasi mavjudligini aniqlashdi.
Qadimgi greklarning salomatlik ma’budasi sharafiga Gigeya deb nomlangan sayyora Quyosh atrofida aylanadigan Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar belbog‘ida joylashgan. Mitti sayyoraning diametri 430 km atrofida.
Gigeyani birinchi bo‘lib italiyalik astronom Annibale de Gasparis 1849 yilda aniqlagan bo‘lsa-da, u bugunga qadar rasman asteroid deb hisoblab kelinardi.
Gigeya asteroidlar belbog‘idagi eng yirik ob’ekt emas. U kattaligi jihatidan Serera (950 km), Vesta (525 km) va Palladadan (512 km) keyingi o‘rinda turadi.
XIX asr boshlariga qadar ularning uchovi ham haqiqiy sayyora deb hisoblab kelingan, ammo keyinchalik asteroid deb topilgan.
Sayyora deb hisoblanishi uchun samoviy jism bir nechta shartlarga to‘g‘ri kelishi kerak:
- quyosh atrofida orbita bo‘ylab aylanishi;
- boshqa sayyoraning yo‘ldoshi bo‘lmasligi;
- dumaloq shaklni saqlab turish uchun yetarlicha gravitatsiyaga ega bo‘lishi;
- orbitasini boshqa kichik jismlardan tozalash uchun yetarlicha vaznga ega bo‘lishi kerak.
Agarda dastlabki uchta shart bajarilsa, sayyora mitti deb hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi