16:13 / 29.10.2019
3 950

Er-xotin erta pensiyaga chiqish yo‘lini topib, millionerga aylandi

Er-xotin erta pensiyaga chiqish yo‘lini topib, millionerga aylandi
Foto: «Daily Mail»
Amerikaning Kaliforniya shtati, San-Fransisko shahrida er-xotin muddatidan avval pensiyaga chiqishga qaror qildi va ikki million dollardan ortiq pul ishlab oldi. Bu haqda «Lenta»ga tayanib «Xabar» nashri yozmoqda.

39 yoshli Amon Brauning va 41 yoshli Kristinaning ikki nafar farzandi bor. Ular to‘g‘ri sarmoya, oqilona xarajat va taksichilik sharofati bilan mo‘maygina pul ishlab olganini ma’lum qilishdi. Amon asosiy ishi bo‘lgan shahar loyihalovchiligidan yiliga 98 ming dollar, turmush o‘rtog‘i esa federal prokuror lavozimida 70 ming dollar ishlab topardi.

Amon 2011 yilda o‘n yillik ish staji uchun mukofot olganida belgilangan muddatdan oldin pensiyaga chiqish ma’qulligini tushunib yetdi. O‘sha marosimda 40 yil mehnat qilgan boshqa bir erkakni ham taqdirlashdi.

— Bu tub burilish onlari edi. Shunda men odam uzoq yillar mehnat qilib, pensiyaga chiqayotganida qo‘liga bor-yo‘g‘i bir parcha qog‘ozni tutqazishlarini tushunib yetdim, — deb eslaydi amerikalik. — Men hayotdan ko‘proq narsalarni xohlayman.

U 40 yoshida pensiyaga chiqishga qaror qildi va o‘z fikrini Kristina bilan ham o‘rtoqlashdi. Xotin erining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Er-xotin o‘n yillik rejani ishlab chiqishdi. Unga ko‘ra, 2021 yilga borib ular moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lib olishlari kerak edi. Er-xotin 2013 yilda ishga kirishdi.

Oila «Financial Independence Retire Early» (FIRE) ijtimoiy harakatiga qo‘shilishdi.
— Tashkilot to‘g‘ri sarmoya ajratish, pul ishlab topish va jamg‘arishda yo‘l ko‘rsatib turdi, — deya ta’kidlaydi Kristina. — Faqat buning haqiqat ekaniga o‘zing ishonishing kerak. Dastlab dunyoqarashingni o‘zgartirishing zarur.

Er-xotin ta’mirtalab uylarni sotib olib, chiroyli holatga keltirishardi, keyin ustiga ozgina narx qo‘yib sotishardi.
— Shu tariqa biz uchta ko‘chmas mulk ob’ektini ta’mirdan chiqarib, sotdik, — deydi Amon. Shu yo‘l bilan ular qariyb 400 ming dollar ishlab topishdi.

So‘ngra er-xotin «Uber» va «Lyft» kompaniyalarida kirakashlik qilishdi.
— Vaqt o‘tishi bilan bu pul ishlab topish bo‘yicha o‘ziga xos layfxakka aylandi. Tegishli tashkilotlar shunchaki dasturni ochib qo‘yganimiz uchun soatiga 40 dollardan pul to‘lashdi, — deb tan oladi er. — Biz mijozlarga xizmat ko‘rsatmasak ham bo‘lardi, lekin bonus qo‘shilishi kerak edi. Menimcha, taxminan 26 ming dollarni shu tariqa ishlab topdik.

Bundan tashqari, Brauninglar yangi «BMW» yo‘ltanlamasini minivenga almashtirishdi: uni bor-yo‘g‘i 800 dollarga xarid qilishdi. Oila mamlakatlar bo‘ylab sayohat qilishni davom ettirishdi: barcha xarajatlarni oldindan o‘ylab ko‘rib, tejash yo‘llarini axtarishdi. Natijada er-xotin o‘zlariga kerakli mablag‘ni to‘plashdi va rejalashtirganlaridan ham ikki yil oldin — 2019 yil iyulda pensiyaga chiqishdi.

Hozir bu oila Portugaliyada istiqomat qilmoqda. Ularning oylik xarajati taxminan 4,5 ming dollarni tashkil etadi. Farzandlari bilan birga portugal tilini o‘rganishmoqda, Yevropa bo‘ylab sayohat qilishmoqda va sport bilan shug‘ullanishmoqda. Shuningdek, ular «YouTube»da «Our Rich Journey» kanalini yuritishmoqda: u yerda pensiyaga erta chiqish haqida so‘z ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Er-xotin erta pensiyaga chiqish yo‘lini topib, millionerga aylandi