06:33 / 31.10.2019
14 863

2019 yilga kelib, savodxonlik darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqan davlat qaysi?

2019 yilga kelib, savodxonlik darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqan davlat qaysi?
Agar siz rivojlangan mamlakatda yashasangiz, ehtimol siz o‘qish va yozishni maktab paytingizdayoq boshlagansiz. Ammo ba’zi rivojlanmagan mamlakatlarda 15 yoshga to‘lgandagina yozish va o‘qishni o‘rganishgan. Bu esa achinarli holat.

Umuman olganda, global savodxonlik darajasi juda yuqori. 15 yoshgacha bo‘lgan barcha erkak va ayollarning savodxonlik darajasi 86,3% ni tashkil qiladi. 15 yosh va undan katta erkaklarning savodxonlik darajasi 90 foiz, ayollarniki esa 82,7 foizdan tashkil topgan. Rivojlangan davlatlarda umumiy savodxonlik darajasi 99,2% ga ega.

Dunyoning rivojlangan davlatlarida erkaklarning savodxonlik darajasi ancha yuqori. Shimoliy Koreyada eng yuqori savodxonlik darajasi 100% deb qayd etilgan.

Latviyaning savodxonlik darajasi esa 99,9% ni tashkil qilib, savodli mamlakatlar ro‘yxatidan 2-o‘rinni egallagan.

Estoniya, Litva, Ozarbayjon, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston, Ukraina va Gruziya aholisining savodxonlik darajasi 99,8% ga teng. Savodxonlik darajasi 99% va undan yuqori bo‘lgan boshqa davlatlar qatoriga quyidagilar kiradi:

Belarusiya
Rossiya
Sloveniya
Kuba
Turkmaniston
Slovakiya
O‘zbekiston
Palau
Qirg‘iziston
Tonga
Moldova
Maldiv orollari
Xorvatiya
Italiya
Kipr
Vengriya
Samoa
Trinidad va Tobago

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilga kelib, savodxonlik darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqan davlat qaysi?