10:10 / 31.10.2019
5 038

Yigiti bilan tog'ning cho'qqisida uchrashgan qiz sharsharadan qulab tushdi va halokatli o'lim topdi

Yigiti bilan tog'ning cho'qqisida uchrashgan qiz sharsharadan qulab tushdi va halokatli o'lim topdi
Surishtiruv chog‘ida Pik tumanidagi sharsharada yigiti bilan ta’sirli lahzani baham ko‘rgan qiz 60 daqiqadan so‘ng tog‘dan pastga qulagan va halokatli tarzda vafot etgan.

U yiqilishidan bir necha soniya oldin Xanna Lou va yigiti o‘zlarining baxtli ekanliklari haqida suhbatlashishgan va ertasi kuni birinchi uylarini birgalikda sotib olishga kelishishgan, deb xabar beradi Mirror.

29 yoshli Xanna Lou tajribali tog‘da yuruvchi va alpinist edi, shuning uchun u oilasi va yigiti Adam Stanavay bilan Britaniyaning eng katta tog‘larida qiyinchiliklarni yengib o‘tib toqqa piknik uchun chiqishgandi. Dastlab ular qizning oilasi bilan birga biroz sayr qilishgan. So‘ng esa juftlik yanada cho‘qqiga, sharsharaning boshlanishiga chiqib ketishgan. O‘z maqsadlariga erishgan juftlik cho‘qqida biroz gaplashib turishgan, keyin esa qizning oyog‘i sirg‘alib pastga tushib ketgan.

"Biz endigina ketishga chog‘lanayotgandik, Xannaning oyog‘lari sirpanib ketdi, u qoyalardan ushlab qolishga harakat qildi, ammo tuta olmadi. Men sumkasini ushlashga yaqinlashdim, ammo o‘z vaqtida ushlay olmadim va u yiqildi."

"Men pastga qaradim, lekin men uni ko‘ra olmadim, chunki ko‘zlarim unchalik yaxshi ko‘rmaydi."

"Men Xannaning onasini chaqirish uchun baqirdim va u keldi. Biz pastga tushishga harakat qildik, lekin buning iloji yo‘q edi, biz orqaga qaytishga majbur bo‘ldik. O‘ttiz daqiqadan so‘ng, menga Xannaning o‘lganligi to‘g‘risida dahshatli xabar keldi,"- deydi Adam Stanavay.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yigiti bilan tog'ning cho'qqisida uchrashgan qiz sharsharadan qulab tushdi va halokatli o'lim topdi