22:09 / 30.10.2019
5 894

Odamlarni hayotdan mahrum qilgan mashhurlar (foto)

Odamlarni hayotdan mahrum qilgan mashhurlar (foto)
Foto: «Yakutiamedia.ru»
Ularning siymosi doimo ekran yuzida, ularning hayoti hamisha jurnalistlarning diqqat markazida. Biroq qismatga bitilgan xato va baxtsiz hodisalardan hech kim kafolatlanmagan. «Ekspress-Novosti» axborot agentligi odamlarning o‘limiga daxldor bo‘lgan yulduzlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular odamlarni hayotdan mahrum qilgani uchun qanday jazoga tortilishgan? Bu haqda «Rambler»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Mixail Kazakov

Xushmuomala va istarasi issiq aktyor «Otasining qizlari» seriali hamda «Yeralash» kulguli jurnalidagi ko‘plab rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Lekin Mixail 16 yoshida odam o‘ldirganligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Kazakov bir ayolni qutqaraman deb bezoriga halokatli jarohat yetkazgan. Sud aktyorni himoya qilib chiqqan. Natijada yosh yigit butunlay oqlangan.

Snup Dog

Janjalkash reper maktabni tugatgan zahoti ilk bor sudlangan. U giyohvand moddalar kontrabandasi bilan ayblangan.

Ma’lum vaqtdan so‘ng Snup Dogning boshiga yana musibat tushadi: musiqachining tansoqchisi bir odamni o‘ldirib qo‘yadi. Bu safar xonanda jazodan qutulib qoladi — sud sodir bo‘lgan hodisada uning aybi yo‘qligini aniqlaydi.

Konstantin Meladze

Mashhur «Via Gra» guruhining barcha qo‘shiqlari muallifi va prodyuseri o‘zining mashinasida piyodalar o‘tish yo‘lakchasida bir ayolni urib yuborgan. Meladze aybiga to‘liq iqror bo‘lgan, biroq qamalmagan. Tergovchilar yuz bergan voqea kutilmagan holat ekanligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishgan. Konstantin fojianing oldini olish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqolmagan. Halok bo‘lgan ayolning ikki nafar farzandi qolgan. Prodyuser balog‘at yoshiga yetgunga qadar ularni boqishga va’da bergan.

Leonid Yakubovich

«Mo‘’jizalar maydoni» kapital-shou boshlovchisi bir odamni urib yuborgan. Halok bo‘lgan kishi mast holatda belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tgan. Ustiga-ustak, Leonid qoidalarni buzmasdan o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlangan, avtomobil tezligini 55 km/soatdan oshirmagan. Sodir bo‘lgan voqeaning barcha holatlarini tahlil qilgach sud jinoyatga aloqasi yo‘qligi sababli Yakubovichni butunlay oqlagan.

Igor Petrenko

Yoshligida aktyor jinoyat ishtirokchisiga aylangan. Uning do‘sti qarzini berishdan bosh tortib, kreditorni o‘ldiradi. Petrenkoni esa u kvartirada izlarni yo‘qotish hamda o‘g‘irlik bo‘lgandek ko‘rsatish uchun yordamga chaqirgan. Sud Igorning yoshligini hamda avval jinoyatga qo‘l urmaganligini hisobga olib shartli jazo tayinlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Odamlarni hayotdan mahrum qilgan mashhurlar (foto)