Foto: Videodan kadr
AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzi Twitter’da IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyotning ilk fotosuratlari va videosini e’lon qildi va uning tafsilotlari bilan bo‘lishdi.
Foto: AP Photo/Andrew Harnik VAShIN
Qisqa videoda 1-raqamli terrorchi joylashgan bino ko‘rsatilgan. Lavhalarda binoni ikki tomondan odamlar qurshab olayotganini, “jangarilar AQShning havodan hujum olib borayotgan kuchlariga o‘t ochganini” ko‘rish mumkin.
“Bu yerda Bag‘dodiy yashiringan ob’ektni ko‘rmoqdamiz. Avval ta’kidlaganimdek, bu ob’ekt Suriya shimolidagi Idlib viloyatida joylashgan bo‘lgan”, deb ma’lum qilgan general jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, ob’ekt shturm qilinishi oldidan amerikalik harbiylar uning ichidagi barcha odamlarni taslim bo‘lishga chaqirgan. Fuqarolar va bolalar orasida qurbonlarga yo‘q qo‘ymaslik uchun barcha imkoni bor ish qilingan.
Biroq shunga qaramay, IShIDning 5 a’zosi – 4 ayol va bir ekak qurol tashlashdan bosh tortib, harbiylarga xavf solgan. Shturm boshlanganda, al-Bag‘dodiy bomba portlatib, o‘zini va yana ikki bolani o‘ldirgan.
“Ob’ektda hammasi bo‘lib IShIDning 6 a’zosi o‘ldi: 4 ayol va 2 erkak, jumladan al-Bag‘dodiy”, deb ta’kidlab o‘tdi Makkenzi.
Amaliyotdan keyin AQSh maxsus kuchlari al-Bag‘dodiy yo‘q qilingan joydan ko‘plab buyumlarni olib chiqishgan. 1-raqamli terrorchining shaxsi tasdiqlanishi uchun DNK-tahlil qo‘llangan. Tahlil mutlaq aniqlik bilan aynan al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini tasdiqlagan.
Pentagon vakili, shuningdek, terrorchining jasadi 24 soat ichida dengizga cho‘ktirib yuborilganini tasdiqlagan.
“U harbiy ixtilof qonunlariga ko‘ra dengizda dafn qilindi”, deb ma’lum qilgan Makkenzi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi