19:56 / 03.11.2019
3 389

Kuvaytda odamfurushlarning ayollarni Instagram orqali sotgani aniqlandi (video)

Kuvaytda odamfurushlarning ayollarni Instagram orqali sotgani aniqlandi (video)
Foto: BBC
Kuvaytda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar Google va Apple ilovalariga, Instagram’ga cho‘rilik bilan shug‘ullanadigan ayollar sotilishi haqidagi e’lonlar joylashtirgani aniqlandi. Hukumat esa ushbu e’lonlarni o‘chirib tashlashni buyurdi. Bu boradagi ma’lumotlar BBC surishtiruvida aniqlandi deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Qulfurushlar Instagram’da e’lonlari tez ommalashishi uchun maids for sale («xizmatkorlar chegirma bilan sotiladi» mazmunida) xeshtegidan foydalangan.

BBC surishtiruvi e’lon qilingach Kuvayt hukumati qulfurushlardan akkauntlarni o‘chirib tashlashni talab qildi va ular odam savdosi bilan boshqa shug‘ullanmaslik haqida qonuniy tilxat yozdi.

O‘z navbatida ijtimoiy tarmoq vakillari qullar savdosiga taaluqli barcha e’lonlarning Instagram’dan ham Facebook’dan o‘chirib tashlanganini ma’lum qilgan. Kompaniya kelajakda ham bu kabi salbiy holatlarga qarshi kurashishga va’da berdi.

Kuvayt mehnat resurslari boshqarmasi boshlig‘i Muborak al-Azimiy BBC materialida fosh etilgan 16 yoshli gvineyalik qizni pullagan politsiyachi va qulfurush ayol ishi yuzasidan tergov boshlanganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra tergovdan keyin aybdorlar hibsga olinishi yoki odam savdosi qurboni bo‘lgan qizga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lab berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuvaytda odamfurushlarning ayollarni Instagram orqali sotgani aniqlandi (video)