14:44 / 09.11.2019
10 050

Dunyodagi eng birinchi metro va yer osti yo‘li qayerda ishga tushirilgan?

Dunyodagi eng birinchi metro va yer osti yo‘li qayerda ishga tushirilgan?
Bugungi kunda yo‘lovchi tashish uchun eng qulay transport vositalaridan biri bu metrodir. Dunyoda ilk yer osti yo‘llari London shahrida qurilgan bo‘lib, u birinchi tezkor yer osti yo‘lovchi tashuvchi transport tizimi hisoblanadi. London metropoliteni 1983 yilda ishga tushirilgan. Biroq 1986 yil ishga tushirilgan Budapesht metropoliteni dunyodagi birinchi elektrlashtirilgan metro tizimi hisoblanadi.

175 yil muqaddam London metrosining ochilishi munosabati bilan Temza tunneli londonliklar ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi. Temza tunneli daryo ostida qurilgan dunyodagi birinchi tunnel bo‘lib, u dunyoning «sakkizinchi mo‘’jizasi» deb ta’riflangan. Uning nomi ham Temza daryosi nomiga atab qo‘yilgan. U ser Mark Brunel hamda uning o‘g‘li Isambard ismli muhandislar tomonidan Temza daryosi ostida yuklarni tashishda qulaylik tug‘dirish maqsadida qurilgan.

Qurilish boshlanganida ajratilgan pul tugab qolgani sabab ushbu majmua aholiga o‘ziga xos bir attraksion sifatida xizmat qilgan. Birinchi kuni tunneldan 50 ming kishi o‘tdi. Ma’lumotlarga qaraganda dastlabki uch oy mobaynida bu tunneldan bir million kishi o‘tgan va bu o‘sha paytdagi London aholisining teng yarmiga teng edi. Aynan shu ko‘rsatkichlar Temza yer osti yo‘lini dunyodagi odamlar eng ko‘p tashrif buyuruvchi attraksionga aylantirgan. Mana qariyb ikki asrga yaqin ushbu metropoliten nafaqat londonliklarga balki, butun dunyo aholisiga xizmat qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng birinchi metro va yer osti yo‘li qayerda ishga tushirilgan?