20:33 / 08.11.2019
3 530

O‘zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi

O‘zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi
Rossiyada Xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilgan to‘rt nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Chelyabinsk viloyati prokuraturasi ma’lum qilgan.

Ular Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 162-moddasida (Bir guruh shaxslar tomonidan qurol sifatida ishlatiladigan narsalardan foydalanib, uy-joyga noqonuniy bostirib kirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan.

Bundan tashqari, ularning jinoiy sheriklaridan biri Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli zo‘ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan o‘g‘rilik) bo‘yicha hukm qilingan.

Qayd etilishicha, jinoiy sheriklar 2018 yilning oktyabr oyida Kaslinskiy tumanida joylashgan issiqxona majmuasi hududidagi Xitoy fuqarolari yashaydigan turar joyga bostirib kirgan hamda zo‘rlik ishlatib umumiy qiymati 178 500 rublga teng (2800 dollar) mol-mulkni o‘g‘irlagan.

Bir necha kun o‘tgach, ular boshqa issiqxona majmuasiga kelgan hamda noqonuniy ravishda uyga kirib, kuch ishlatib Xitoyning ikki fuqarosiga hujum qilib, umumiy qiymati 490 500 rubl (7700 dollar ) miqdoridagi mol-mulk va pulni o‘g‘irlab ketgan.

Hodisa joyidan yashirinish maqsadida jinoyat ishtirokchilaridan biri issiqxona majmuasi hududida turgan VAZ-21213 (Niva) avtomobilini haydab qochgan.

Sud aybdorlarga nisbatan 8 va 9 yilgasha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Ular jazoni qat’iy rejimdagi axloq tuzatish koloniyalarida o‘tashi belgilandi.
Bundan tashqari, sud jabrlanuvchilarning jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararni mahkumlardan undirish haqidagi da’volarini qanoatlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik va tojikistonliklar xitoyliklarga nisbatan bosqinchilik qilishdi