07:00 / 09.11.2019
5 239

Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilindi

Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilindi
Turkiyaning Artvin viloyati, Hopa tumanida Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston va Gruziya fuqarosi bo‘lgan ayollar fohishalik qilgani aniqlandi. Bu haqda Turkiyaning Hürriyet nashri xabar berdi. Voqea 14 oktyabr kuni ro‘y bergan.

O‘tkazilgan tezkor tergov amaliyotlari natijasida Artvin viloyati xodimlari fohishalikda ayblanayotgan 33 nafar yosh ayol va ushbu jinoiy biznes tashkilotchilarini qo‘lga olgan. Ayollarning 5 nafari o‘zbekistonlik, 20 nafari Gruziya, 4 nafari Qirg‘iziston, 3 nafari Rossiya va 1 nafari Ukraina fuqarosi bo‘lgan.

Tergovda yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan 33 ayoldan 12 nafarida teri-tanosil kasalliklari borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, ayollar sud jarayonidan so‘ng o‘z vatanlariga deportatsiya qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olinib, mamlakatdan deportatsiya qilindi