08:01 / 09.11.2019
3 319

Yoqutistonda samolyotni boshqargan yo‘lovchi qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)

Yoqutistonda samolyotni boshqargan yo‘lovchi qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)
Yoqutistonda 33 yashar yo‘lovchi qiz «IrAero» aviakompaniyasining samolyotini boshqargani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, hodisa joriy yil 31 avgust kuni Yakutsk—Sakkiriir reysi davomida ro‘y bergan. Samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lgan.

«Ekipaj a’zolaridan biri kabinaga parvozni amalga oshirishga ruxsati bo‘lmagan qizni olib o‘tgan va unga An-24 havo kemasi boshqaruvini topshirgan», — deyiladi xabarda.
Jinoiy ish «Xavfsizlik talablariga to‘g‘ri kelmaydigan xizmatlar ko‘rsatish» moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yoqutistonda samolyotni boshqargan yo‘lovchi qizga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi (video)