19:18 / 09.11.2019
8 508

Tojikiston chegara postiga uyushtirilgan hujumning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Tojikiston chegara postiga uyushtirilgan hujumning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Foto: Tojikiston IIV matbuot xizmati
Tojikiston—O‘zbekiston chegarasidagi «Ishqobod» chegara postiga IShID jangarilari uyushtirgan hujumda halok bo‘lgan mamlakat harbiylarining soni avval xabar qilinganidan ko‘proq bo‘lib chiqdi, deb yozmoqda «Regnum»ga tayanib Daryo.

So‘g‘d viloyatining o‘zidan, avval aytilganidek, Bahrom Shahzoda va Izatullo Abubakrdan tashqari yana ikki nafar harbiy halok bo‘lgan, Konibodom va Panjikentda 7 noyabr kuni yana ikki nafar chegarachi Dilovar Tolipov hamda Hofizjon Husainov dafn qilingan. Marosimlarda ikki shaharning hokimlari, So‘g‘d viloyati hokimining o‘rinbosari va chegara xizmatining rahbarlari ham ishtirok etgan. Kapitan Dilovor Tolipov 29 yoshda bo‘lgan va 2014 yildan beri chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan.

Otishma oqibatida oddiy askarlar 19 yoshli G‘anijon Davlat va Naimjon Saidolimov ham halok bo‘lgani xabar qilingan. Biroq Tojikiston hukumati rasmiylari ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamagan va inkor ham etmagan.

5 noyabrdan 6 noyabrga o‘tar kechasi 20 nafar jangarilar Dushanbedan 60 kilometr uzoqlikdagi «Ishqobod» postining «Sultonobod» harbiy otryadiga hujum qilgani, to‘qnashuv natijasida noma’lum shaxslar chegarchilarning avtomatlarini egallab olgani, xavfsizlik xodimlari o‘tkazgan tezkor maxsus harbiy operatsiya davomida qurollangan jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi yo‘q qilingani va 5 nafar jangari qo‘lga olingani Tojikiston tomondan bir nafar chegarachi va militsiya noziri halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Jangarilar so‘roq qilinganidan keyin ularning Afg‘oniston hududidan qochib o‘tgan IShID terrorchilari ekanligi aniqlangan. Ular Tojikistonga 3 noyabr kuni Afg‘onistondan Xatlon viloyati orqali kirib kelgan va Rudakiy tumanida 200 kilometrlik masofani bosib o‘tgan. Hujum uyushtirganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lgani, qo‘lga olingan va halok bo‘lganlar orasida ayollar ham borligi xabar qilindi. Halok bo‘lgan chegarachining 26 yoshli Izatillo Abubakr ekani, militsiya xodimi Bahrom Shahzoda esa Rudakiy tumanidagi «Esonboy» qishlog‘ida uchastka noziri lavozimida ishlagani xabar qilindi. Afg‘oniston hukumati vakillari IShID terrorchilarining mamlakat hududidan Tojikistonga o‘tib, 6 noyabrda chegara postiga hujum uyushtirganligini inkor etdi.

8 noyabr kuni Tojikiston bosh prokuraturasi chegara postiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi ochgani, O‘zbekiston chegarachilari esa terrorchilik hujumidan so‘ng Tojikiston bilan chegaradosh hududlarni qo‘riqlashni kuchaytirgani xabar qilindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston chegara postiga uyushtirilgan hujumning yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi