11:30 / 10.11.2019
3 095

Yaponiyalik ayollar ish joyida ko‘zoynak taqish taqiqlanayotganidan nolidi

Yaponiyalik ayollar ish joyida ko‘zoynak taqish taqiqlanayotganidan nolidi
Foto: Darpan
Yaponiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy kompaniyalar rahbariyati tomonidan ayollarga ko‘zoynak taqish taqiqiga qarshi norozilik avj olmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Kompaniyalar yetakchilariga ko‘ra, ko‘zoynak taqqan ayol sovuq shaxs sifatida taassurot qoldiradi va bu mijozlar bilan muomalada xalaqit beradi.

Norozilik sababli glasses are forbidden («ko‘zoynak man etilgan») xeshtegi mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan va ularga turli kinoyali izohlar qoldirilgan.

Bunday cheklovlarga turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar duch kelgan. Qiziq tomoni, erkaklar bunday taqiq haqida hech qachon ma’lum qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik ayollar ish joyida ko‘zoynak taqish taqiqlanayotganidan nolidi