16:53 / 11.11.2019
3 358

Fransiyada 2021 yil "O‘zbekiston yili" deb nomlanadi

Fransiyada 2021 yil "O‘zbekiston yili" deb nomlanadi
Bir kun oldin ASIE (Fransiya) Xalqaro birdamlik va ta’lim uyushmasining rahbarlari va xodimlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat kengashi vakillari bilan uchrashib, samarqandlik yoshlarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdilar.

Uyushma rahbari Alain Payen fransuz yoshlarini Sharqning turmush tarzi, urf-odatlari bilan tanishtirish, shuningdek, xalqaro ta’limni targ‘ib qilish - tashkilotning asosiy vazifasi ekanligini aytdi.

Fransuz diplomat O‘zbekistondagi Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik qilish maqsadida turli xil xalqaro festivallar, grantlar va ikki mamlakatning yosh avlodlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Mehmonlar Fransiyada 2021 yilni "O‘zbekiston yili" deb nomlanishini ta’kidladilar. Shu munosabat bilan 2021 yil dunyoning eng mashhur muzeylaridan biri - Parij Luvrida O‘zbekistonning tarixiy eksponatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada 2021 yil "O‘zbekiston yili" deb nomlanadi