BBC ning xabar berishicha, Hindistonning janubiy Andxra-Pradesh shtatida 73 yoshli ayol egizak qizlarni dunyoga keltirdi.
Payshanba kuni shifokorlar IVF muolajasidan keyin tug‘ilgan egizaklarni o‘z onasining qo‘liga sog‘-omon topshirishdi.
"Hozirda ona hamda uning chaqaloqlari yaxshi holatda", - deydi ayolning shifokori Uma Sankar.
Mangayamma Yaramatining so‘zlariga ko‘ra, u va 82 yoshni qarshi olgan turmush o‘rtog‘i farzandli bo‘lishni necha yillar davomida orziqib kutishgan. Vanihoyat, ular o‘zlarining ezgu niyatlaridan biriga erishishdi.
"Bizning quvonchimiz ichimizga sig‘mayapti", - deydi uning eri Sitarama Raxarao.
Ammo bir kun o‘tib, janob Rajarao to‘satdan insultga uchradi va u hozir shifoxonada davolanmoqda.
"Hech narsa bizning qo‘limizda emas. Yaratgan egam peshonamizga nimani yozgan bo‘lsa, shuni ko‘ramiz. Ammo bizga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, kim bizning farzandlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi?", - deb xalqqa murojaat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi