18:50 / 18.11.2019
18 920

Qaysi mamlakatlar o‘zining mazali taomlari bilan mashhur?

Qaysi mamlakatlar o‘zining mazali taomlari bilan mashhur?
Mazali taomlar kimga ham yoqmaydi deysiz?!
Ha, darhaqiqat, barchamiz mazali bo‘lgan taomlarni xush ko‘ramiz. Har bir millat o‘zining milliy, an’anaviy hamda mazali ovqatlari bilan mashhur bo‘ladi. Bugun sizga eng mazali taomlar pishiriladigan mamlakatlarni e’tiboringizga havola etmoqchimisiz. Ularni ko‘rsangiz, albatta, tatib ko‘rgingiz kelib qoladi.

1. Italiya taomlari

Italiya o‘zining mashhur taomlari bilan asrlar davomida tanilib kelmoqda. Masalan, pitssa, risotto, lasagna taomlari dunyoga mashhur.
2. Fransuz taomlari

Fransiyaga tashrif buyurganingizda albatta tatib ko‘rishingiz kerak bo‘lgan mazali taomlari bor. Masalan, a'loignon sho‘rvasi, flamiche, shokoladli souflle va boshqalar.
3. Ispan taomlari

Ispaniya haqida eshitganimizda, barchamiz sevib tomosha qiladigan "Ratatuy" multfilmi yodimizga tushadi. Chunki Ispaniya ratatuy taomi bilan juda ham mashhur. Bu taom asosan baqlajonli bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida baqlajonni sevuvchilarga xush yoqishi shubhasiz.
4. Yunoncha taom

Yunonistonda grillda pishiriladigan go‘shti xuddi o‘zimizning "shashlik" ga o‘xshab ketadi. Bu taom ularda ham juda mashhur. Qolaversa, moussaka, taramasalata ham mazalidir.
5. Meksika taomlari

Meksikaning turfa taomlari yosh-u qariga xush yoqadi. Ayniqsa, u yerdagi taco, carne asada, burrito taomlarini yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz.
6. Amerika taomlari

AQSh o‘zining gamburger, chizburgerlari bilan dunyoga tanilgan. Shuningdek, olmali pirogi, pitslari bilan ham mashhurdir.
7. Tailand taomlari

Tailandda "noodle" sho‘rvasini sevib iste’mol qilishadi. Tailandga borganingizda, bu taomni ta’tib ko‘rishni unutmang!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi mamlakatlar o‘zining mazali taomlari bilan mashhur?