19:20 / 16.11.2019
3 106

Turkiya IShID safida bo‘lgan 82 nafar o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qiladi

Turkiya IShID safida bo‘lgan 82 nafar o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qiladi
Turkiya IShID terrorchilik tashkilotining 959 nafar a’zosini deportatsiya qiladi, ular hozirda vaqtincha saqlash markazlarida ushlab turilibdi. Bu haqda Hurriyet nashriga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ularning 99 nafari Rossiya, 82 nafari O‘zbekiston, 10 nafari Qozog‘iston, 23 nafari Qirg‘iziston, 6 nafar esa Turkmaniston fuqarolaridir.
Ushlab turilganlar orasida 147 nafari yosh bolalar ham bor. Ularning aksariyati Suriyadagi urush vaqtida ota-onasini yo‘qotgani aytiladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an IShIDning ikki yarim mingga yaqin a’zosi Turkiya qamoqxonalarida ekanini ma’lum qilgandi. Mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiya «IShIDchilar uchun mehmonxona emas»ligini ta’kidlagan. U qamoqxonalarda saqlanayotgan jangarilarni vatanlariga deportatsiya qilinishini ma’lum qildi.

Hozircha 82 nafar IShID a’zosi qaytarilayotgani borasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar munosabat bildirgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan mehr operatsiyasida Iroq va Suriya jamloqlarida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya IShID safida bo‘lgan 82 nafar o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qiladi