12:25 / 17.11.2019
3 134

OAV: Turkiya Al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshini qo‘lga tushirgan

OAV: Turkiya Al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshini qo‘lga tushirgan
Foto: TRT World
Turkiya xavfsizlik kuchlari Idlibdagi operatsiyada yo‘q qilingan IShID sobiq yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning kamida 25 nafar qarindoshini qo‘lga tushirgan. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Xabarga ko‘ra Turkiya xavfsizlik kuchlari mamlakatning Kirshexire, O‘rdu, Samsune va Shonliurfe viloyatlarida bir nechta antiterror operatsiyalarini o‘tkazgan.
Turkiya bosh prokuraturasi ushbu operatsiyalar davomida qo‘lga olingan shaxslarning hammasi terrorchilik faoliyatiga aloqador ekanligini ma’lum qilgan.

Turkiya huquq-tartibot organlari IShIDning o‘nlab jangarilarini hibsga olgan. Anaqaraning ushbu chora-tadbirlari AQSh prezidenti Donald Trampning oktyabr oxirida Al-Bag‘odiyning Suriyadagi operatsiyada yo‘q qilinganini tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilgan.

IShID yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiy qanday yo‘q qilindi?
Abu Bakr al-Bag‘dodiy 27 oktyabrda Suriyaning Idlib viloyatida AQSh harbiylarining havodan yo‘llagan hujumi natijasida o‘lgan. AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq, Suriya, Amerika, Rossiya, Turkiya va kurdlarga operatsiyadagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan va Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlagan. IShID sobiq rahbarining jasadi qoldiqlari dengizga oqizilishi va tashkilot rahbarligini kelib chiqishi turkman millatiga mansub iroqlik sobiq zobit Abdulla Qardosh egallashi taxmin qilingandi.

Keyinchalik IShID vakillari ham rahnamo halok bo‘lganligini tasdiqladi va AQShdan qasos olishni va’da berdi. IShID terroristik tashkilotida Bag‘dodiyning o‘rnini Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy egallagan. 4 noyabr, yakshanba kuni Suriyaning Aleppo viloyatida Turkiya harbiylari Bag‘dodiyning opasi 65 yoshli Rasmiya Avad va uning oila a’zolarini qo‘lga olgan.

7 noyabrda AQSh davlat departamenti IShID terrorchilik tashkilotining yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallagan yangi rahnamo ham tez orada yo‘q qilinishini ma’lum qildi. Ammo u yetakchining ismi Abdulla Qardoshmi yoki Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiymi aniqlik kiritmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Turkiya Al-Bag‘dodiyning 25 nafar qarindoshini qo‘lga tushirgan