19:44 / 18.11.2019
2 738

Fattoh Shodiyev Rossiyada «Yil homiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi

Fattoh Shodiyev Rossiyada «Yil homiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi
Foto: mgimo.ru
Joriy yilning 15 noyabr kuni Sankt-Peterburgda «Yil homiysi» mukofotini topshirish bo‘yicha oltinchi marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «MGIMO» saytida xabar qilindi.

Asosiy nominatsiyada g‘oliblik 1976 yilda Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan, Shodiyev xalqaro jamg‘armasi asoschisi, universitet Vasiylik kengashi a’zosi va «MGIMO» fondining asoschilaridan biri Fattoh Qayumovich Shodiyevga berildi. Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatri truppasining gastroliga bosh homiylik uchun taqdim etildi. Mukofotni Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirdi.

Shodiyev xalqaro jamg‘armasi ko‘p yillar davomida «MGIMO» bilan hamkorlik qilib keladi hamda talabalarga chet el universitetlarida tahsil olish va stajirovkadan o‘tish imkoniyatini yaratadi, deya ta’kidlangan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Fattoh Shodiyev - asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qozog‘istonlik milliarder, Belgiya fuqarosi. 1992 yildan beri Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibrohimovning sherigi. Uning boyligi 3,7 milliard dollarga baholanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fattoh Shodiyev Rossiyada «Yil homiysi» unvoniga sazovor bo‘ldi