11:07 / 20.11.2019
7 591

Xavfliligi bo'yicha dunyoga mashhur ko'priklar

Xavfliligi bo'yicha dunyoga mashhur ko'priklar
Dunyoda inson yaratgan shunday ajoyibotlar borki, odamzotning o‘zi ham bu ajoyibotlardan zavq olish bilan bir qatorda hadiksiraydi ham. Shunday ajoyibotlarga misol qilib dunyodagi eng xavfli ko‘priklarni olish mumkin.

1. Qirollik darasi ko‘prigi (Kolorado, AQSh) - Ushbu 955 futlik osma ko‘prik AQShdagi Arkanzas daryosidan o‘tgan eng baland ko‘prik hisoblanadi. U 1929 yilda qurilgan bo‘lib, tarixiy ahamiyatga ham egadir. Bugungi kunda u Kolorado shtatidagi Canon City yaqinida joylashgan va 360 gektarlik istirohat bog‘ida joylashgan Royal Gorge Bridge & Park hududida joylashgan sayyohlik maskaniga aylandi. Bu yerni tomosha qilish va ushbu xavfli hududdan zavqlanish maqsadida har yili millionlab sayyohlar tashrif buyurishadi.


2. Maymun ko‘priklari (Vetnam) - Bu ko‘prik, albatta, zamonaviy ko‘priklar sirasiga kirmaydi va u Mekong Deltasini kesib o‘tgan bo‘lib, Vetnam bo‘ylab tarqalib o‘sadigan bambuk daraxtidan yasalgan. Bu ko‘prik Vetnam an’anaviy ramziga aylandi. Undan o‘tayotganlar o‘zlari bilan 20-50 kg og‘irlikdagi yukni ko‘tarishlari mumkin xolos.


3. Husayniy osma ko‘prigi (Pokiston) - dunyoning eng xavfli ko‘prigi deb tan olingan ushbu ko‘prik Shimoliy Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, uni yasashda ishlatilgan arqonlar butunlay xavfdan holi ham emas. Yuqori Hunza hududida joylashgan ushbu ko‘prikning xavfsiz emas ekanligining bir qancha dalillari bor.
Birinchidan, bo‘shliqlarga to‘lib toshgan bu shafqatsiz osma ko‘prikdan o‘tib borayotib, quyida joylashgan Xunza daryosining toshqinlari tufayli suvga yiqilib ketish xavfi yuqori.
Ikkinchidan, bu ko‘prik juda yaxshi ta’mirlanmaganligi bois, ustida yurgan paytingizda ko‘prikni silkituvchi kuchli shamol turishi mumkin. So‘nggi sabablardan biri ko‘prikdan o‘tarkansiz, eski ko‘prikning ishdan chiqqan taxta bo‘laklari yon tarafingizda osilib turganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xavfliligi bo'yicha dunyoga mashhur ko'priklar