15:26 / 19.11.2019
5 065

Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi

Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi
Tojikistonning Xatlon viloyatida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, mojaro 17 noyabr kuni kechki payt Levakand shahridagi Guliston jamoatida ro‘y bergan.

“Ikkala tomon ham travmatik qurol qo‘llagan”, - deya oydinlik kiritgan Tojikiston IIV.

Otishma vaqtida bir kishi travmatik quroldan yaralangan. Otishma ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, ularning travmatik qurol uchun ruxsatnomalari bor, deya qo‘shimcha qilgan IIV.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari voqea tafsilotlarini surishtirishmoqda. Xususan, mojaro sababi va uning ishtirokchilari aniqlanmoqda.
Xatlon viloyati prokuraturasi ham vaziyatni nazoratga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda otishma sodir bo‘ldi