16:19 / 20.11.2019
4 186

O‘zbekistonlik donorlarning tana a’zolarini Isroilga sotgan qozoq vrachi qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik donorlarning tana a’zolarini Isroilga sotgan qozoq vrachi qo‘lga olindi
Foto: Shutterstock
Qozog‘istonning Chimkent shahridagi 1-sonli shahar klinik kasalxonasi bo‘limi bosh shifokori Abilay Donbay qo‘lga olindi va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketildi.

Zakon.kz xabariga ko‘ra, u inson ichki a’zolarini noqonuniy ravishda transplantatsiya qilishda gumonlanmoqda.

Abilay Donbay
Donorlar sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ukraina fuqarolari jalb qilingan, ular og‘ir moliyaviy ahvoli tufayli buyraklarini sotishga majbur bo‘lishgan, oluvchilar esa xorijiy mamlakatlarning, asosan Isroilning badavlat fuqarolari ekani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, bundan avval shifokor transplantologlardan biri, shuningdek, jinoiy guruh a’zosi - Qirg‘iziston fuqarosi B.Taysalova qo‘lga olingan va qamoqqa joylashtirilgan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishini sudga yuborish bilan tugatish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik donorlarning tana a’zolarini Isroilga sotgan qozoq vrachi qo‘lga olindi