13:26 / 21.11.2019
11 540

Dunyodagi eng baland bino haqida bilasizmi?

Dunyodagi eng baland bino haqida bilasizmi?
Dunyodagi eng baland bino bu - Burj Xalifa. "Burj Xalifa" so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, "Xalifa minorasi" degan ma’noni anglatadi. Barchamiz bilamizki, bu osmono‘par bino Dubayda qad ko‘targan. Balandligi 828 metr, 130 dan ortiq qavati bor.

Burj Xalifaning ochilish marosimi 2010 yil 4 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Aslida esa bu bino 2009 yil 9 sentyabrda Dubay metrosi bilan bir vaqtda ochilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo ba’zi bir moliyaviy sabablarga ko‘ra keyingi yilga qoldirilgan.

Osmono‘par binoning qurilishi 2004 yilda boshlangan. Qurilishda har kuni 12000 ishchi ishlagan. Uni qurish uchun taxminan 320 ming m³ beton va 60 ming tonnadan ortiq po‘lat armatura kerak bo‘lgan edi.

Ayniqsa Burj Xalifa uchun +50° C gacha bo‘lgan haroratga bardosh beradigan betonning maxsus markasi ishlab chiqilgan. Nyu-York osmono‘par binolaridan farqli o‘laroq, Burj Xalifaning poydevori qoyalarga o‘rnatilmagan. Shamolda tebranish ta’sirini kamaytirish maqsadida bino asimmetrik shaklda barpo etilgan.

Qurilishning umumiy qiymati 1,5 milliard dollarni tashkil etadi. Osmono‘par bino loyihasi Amerikaning Skidmore, Owings va Merrill arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng baland bino haqida bilasizmi?