07:58 / 21.11.2019
4 941

Fransiyada homilador ayol itlarning hujum qilishi natijasida halok bo'ldi.

Fransiyada homilador ayol itlarning hujum qilishi natijasida halok bo'ldi.
Tergovlarga ko‘ra, Fransiya shimolidagi o‘rmonda homilador ayol itlar tomonidan o‘ldirilgan. 29 yoshli Elisa Pilarskiyning jasadi Villiers-Kotterets shahri yaqinida topilgan. Prokuror Frederik Trinxning aytishicha, bir nechta itlar ayolning oyoq-qo‘llarini tishlagan. Politsiya 93ta itda tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Olib borilayotgan tekshiruv natijalari Pilarskiy xonimga qaysi itlar hujum qilganligini aniqlashda yordam beradi.
Tekshiruvdan o‘tkazilgan itlar orasida 5 ta it Pilarskiy xonimga tegishli bo‘lgan. Shuni ham alohida aytish kerakki, Pilarskiy xonimning 6 oylik xomilasi ham bo‘lgan. Olib borilayotgan tekshiruvlar natijasida itlar xomilador ayolning oyoq-qo‘llarini tishlagan va bu ko‘p miqdorda qon ketishiga sabab bo‘lgan va ayol vafot etgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni Pilarskiy xonim Parijdan 50 mil shimoli-sharqda joylashgan Retz o‘rmonida piyoda ketayotgan edi. U sherigiga qo‘ng‘iroq qilib, bir it unga hujum qilmoqchi bo‘lganligini va undan qo‘rqayotganini aytgan.
Xabarlarga ko‘ra, Pilarskiy xonimning o‘limi Fransiya vaqti bilan 13:00 dan 13:30 vaqt oralig‘ida bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada homilador ayol itlarning hujum qilishi natijasida halok bo'ldi.