07:01 / 22.11.2019
4 064

Xitoyda dunyoning eng katta aeroporti ochildi...

Xitoyda dunyoning eng katta aeroporti ochildi...
Dunyo bo‘ylab sayohat qilish uchun albatta, barchamiz aeroportlar xizmatidan foydalanamiz. Butun jahonda son-sanoqsiz aeroportlar qurilgan bo‘lib, ulardan bir qanchasi yuqori darajadagi mashhurlikka erishgan. 2019 yilda eng katta aeroport deb topilgan manzil bu Beijing Daxing Xalqaro aeroporti bo‘ldi. Ushbu yangi ochilgan aeroport Xitoy poytaxti Pekindan 40 km janubda joylashgan.

Tantanali ochilish marosimi esa Xitoyning 70 yilligini nishonlashdan bir hafta oldin amalga oshiriladi. Hozirda uni sinov tariqasida bir necha hafta foydalanishga topshirishdi. Bu aeroport qariyb besh yillik muddatdan so‘ng bitkazilgan bo‘lib, 63 milliard dollarlik ushbu ob’ekt 18 kvadrat mil maydonda joylashgan.

Bu jihatlari bilan u dunyodagi eng katta aeroportga aylandi. Biz yuqorida qayd etgan mashhur aeroport loyihasining muallifi 2016 yil vafot etgan arxitektor ayol Zaha Hadid hisoblanadi. Marhuma Zaha Hadid Pritsker mukofotini ham qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyoning eng katta aeroporti ochildi...