08:30 / 23.11.2019
4 554

Dunyoning eng boyvachcha iti haqida bilishni xohlaysizmi?

Dunyoning eng boyvachcha iti haqida bilishni xohlaysizmi?
Ba’zan dunyoga mashhur itlar haqida eshitib qolamiz, ularning hisobsiz boyligi bor ekaniga guvoh bo‘lamiz. Aslini olganda, itlar o‘zlarining sadoqati bilan egalarining ko‘nglidan joy oladilar. Balki shu sababdanmi, bunday sadoqatli jonivorlarni ularning egalari munosib taqdirlashadi. Dunyoning ana shunday eng mashhur itlaridan biri bu Gyunter IV bo‘lib, u Germaniyada istiqomat qiladi. Bugungi kundagi merosining jami qiymati 400 ming dollardan oshadi.

Gyunter IV bugungi kunda 27 yoshga kirgan degan mish-mishlar mavjud. Uning hozirgi merosi Gyunter III dan qolgan. Bu itlarning merosxo‘rlik an’anasi qanday paydo bo‘lgan deysizmi? Gyunter III germaniyalik multi-millioner Karlotta Leybenshteynning iti bo‘lgan. Tabiiyki, Karlotta itining sadoqatini inobatga olib hamda hayvonlarga bo‘lgan mehr-muhabbati bois Gyunter III ga 80 million dollar meros qoldirgan.

Gunter III vafot etganida, bu katta boylik uning o‘g‘liga o‘tdi. Bir necha yillar mobaynida, Gyunter IV ning vasiylari bu mablag‘ni munosib tarzda besh marta aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga Gyunter IV dunyodagi eng boy itga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng boyvachcha iti haqida bilishni xohlaysizmi?