21:19 / 23.11.2019
8 625

Qiynashdi, kallasini uzishdi, yoqishdi. Rossiyalik jangchilarning Suriyadagi vahshiyligi

Qiynashdi, kallasini uzishdi, yoqishdi. Rossiyalik jangchilarning Suriyadagi vahshiyligi
Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri Suriyadagi vahshiy qotillikda qatnashgan rossiyaliklardan birining shaxsini aniqlashgan muvaffaq bo‘ldi. Ushbu qotillik tasviri Yutubda namoyish etilgan.

Nashrning yozishicha, vahshiy qotillikni “Vagner xususiy harbiy kompaniyasi”ning jangchilari amalga oshirgan. Ular Bashar Asar armiyasidan qochgan suriyalikni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirgan.

“Novaya gazeta” qotillikda qatnashgan deb taxmin qilinayotgan rossiyalik yollanma jangchilardan biri – Stanislav D.ning pasport nusxasini e’lon qildi. Jurnalistlar videotasvirda yuzini yashirmagan yagona qotilning shaxsini FindClone servisi orqali aniqlashga erishishdi. Tahririyat qotilning familiyasini biladi, biroq oilasining xavfsizligi nuqtai nazaridan oshkor etmadi.

Stanislav D. “Vagner xususiy harbiy kompaniyasi”ning jangchisi ekani tasdiqlandi. “Novaya gazeta” uning 2016 yilda yollanma jangchi bo‘lib ishga kirish uchun to‘ldirgan anketasini topdi. Bundan tashqari, Stanislav D. avval Stavropol o‘lkasida yo‘l-patrul xizmatida ishlagani ham ma’lum bo‘ldi.

Rossiyalik yollanma jangchilar tomonidan vahshiyona o‘ldirilgan suriyalik – 1986 yilda tug‘ilgan Muhammad Toha Ismoli al-Abdulloh bo‘lib chiqdi. U urush boshlangandan keyin Suriyani tark etgan va 2017 yilda qaytib kelgan. Shundan so‘ng hukumat armiyasiga chaqirilgan va u yerdan qochgan.

Dahshatli qotillikning videotasviri 2017 yilning yozida e’lon qilingan. Noyabr oyida uning yana uchta qismi paydo bo‘ldi. Videoda yerda yotgan Muhammadning qo‘liga katta bolg‘a bilan urishayotgani, so‘ng kallasi va qo‘llarini kesishgani, oxirida osib qo‘yib yoqib yuborishgani aks etgan. Qotillik ishtirokchilari rus tilida aksentsiz gapirgan. Ular vahshiylikni xursandchilik bilan, hazil-huzul bilan amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qiynashdi, kallasini uzishdi, yoqishdi. Rossiyalik jangchilarning Suriyadagi vahshiyligi