06:30 / 24.11.2019
2 798

Nyu-Yorkda musulmon politsiyalar taqdirlandi

Nyu-Yorkda musulmon politsiyalar taqdirlandi
Nyu-Yorkning Kuins tumanida o‘n birinchi bor musulmon politsiyachilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

Tadbir Nyu-York musulmon politsiyachilari jamiyati tashabbusi bilan tashkil etildi. Unga Nyu-York politsiya departamenti xodimlari, siyosatchilar, musulmon davlatlarining diplomatlari, ilm-fan va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchilar, diniy jamoalar vakillari taklif etildi.

Marosim boshlanishida Qur’on tilovat qilindi. Musulmon politsiyachilarga mukofotlar “Bir umrlik yutuqlar”, “Yil politsiyachisi, “Yil fuqarosi” va “Yil qahramoni” yo‘nalishlarida topshirildi.

“AQShda musulmonlar boshqa fuqarolardan farq qilmaydi, ajratilmaydi. Ular boshqa barcha fuqarolar kabi bu mamlakatga xizmat qilishadi. Ushbu tadbir ularning hissasi borligiga guvohlik berib turibdi”, – dedi Nyu-York musulmon politsiyachilari jamiyati rahbari Odil Rana.

Uning aytishicha, jamiyatga ikki mingga yaqin politsiya xodimlari a’zo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda musulmon politsiyalar taqdirlandi