Foto: RIA Novosti
2019 yilda 2018 yilga nisbatan 48 foizga ko‘proq chet elliklar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan nashrga aniqlik kiritishlaricha, Rossiya Federatsiyasining yangi 285 ming fuqarosidan 146 mingi Ukraina fuqarolari, 35 mingi Qozog‘iston, 30 mingi Tojikiston, 17 mingi Armaniston, 14 mingi O‘zbekiston, 11,5 mingi Moldova fuqarolaridir.
Chet el fuqarolarining ko‘pchiligi Rossiya pasportini Rostov oblastida (71 ming), Moskva va Moskva oblastida (mos ravishda 10 va 18 ming), Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida (har biri 10 mingdan) olgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
«Ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini bekor qilish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilmoqda», - deya aytib o‘tilgan ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!