17:30 / 25.11.2019
2 757

Kongoda samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi (foto, video)

Kongoda samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi (foto, video)
Foto: Twitter / @ChinaDaily
Kongo demokratik respublikasida ikki motorli samolyotning halokati oqibatida qurbon bo‘lganlarning soni 29 taga yetdi. 16 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra samolyot halokatga texnik nosozliklar tufayli uchragan.

Busy Bee aviakompaniyasining samolyoti 24 noyabr kuni havoga ko‘tarilganidan uch daqiqa o‘tgach, kutilmaganda qulab tushgan. U Goma mavzesidagi uylar ustiga qulagan. Havo kemasi bortida jami 19 nafar odam: 17 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning ikki nafar a’zosi bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning soni samolyotdagi yo‘lovchilardan ko‘pligi samolyotning turar joy binolariga qulagani bilan izohlanmoqda. To‘rtta uyda yashovchi fuqarolardan faqat ikki nafar odamgina samolyot portlashidan avval qochib qolishga ulgurgan.

Foto: Twitter / @ChinaDaily

Foto: Twitter / @ChinaDaily

Foto: Twitter / @ChinaDaily

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongoda samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi (foto, video)