21:02 / 26.11.2019
9 372

Rossiya ilk bor o‘z superqurolini AQShga ko‘rsatdi

Rossiya ilk bor o‘z superqurolini AQShga ko‘rsatdi
Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya mudofaa vazirligi amerikalik inspektorlarga «Avangard» gipertovushli raketa majmuasini ko‘rsatdi.
Ushbu majmua Moskva Vashington o‘rtasida 2010 yilda imzolangan Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma doirasida ko‘rsatildi.

Vazirlikning bildirishicha, «Avangard» 2019 yil dekabrdan jangovar navbatchilikka qo‘yiladi.
Vladimir Putin 2018 yil martda «Avangard»ning qanotli jangovar bloki tovush tezligidan 20 baravar tezroq uchishini, uning yuzasidagi harorat 1600-2000 darajani tashkil etishini aytgan, shu bilan birga raketa ishonchli ravishda boshqarilishini qo‘shimcha qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya ilk bor o‘z superqurolini AQShga ko‘rsatdi