13:00 / 27.11.2019
2 958

Traktorlarda norozilik bildirayotgan minglab fermerlar Berlin markazidagi ko‘chalarni yopib qo‘ydi

Traktorlarda norozilik bildirayotgan minglab fermerlar Berlin markazidagi ko‘chalarni yopib qo‘ydi
Foto: Rbb24
Germaniyada traktorlardagi minglab fermerlar hukumat yuritayotgan agrar siyosatga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazishni boshladi. Ular Berlin markazida o‘tkazgan noroziliklar oqibatida asosiy ko‘chalar yopilib qolgan. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Traktorlarga fermerlar markazga kelgan federal yerlarning bayroqlari o‘rnatilgan. Aksiya ishtirokchilari o‘g‘itlarni yerga sepishdagi cheklovlar va iqlim himoyasi bo‘yicha yangi chora-tadbirlar tufayli qishloq xo‘jaligi sohasiga putur yetishi mumkinligidan xavotirda.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingta traktor ishtirok etgan. Germaniya federativ respublikasi huquq-tartibot organlari haydovchilarni noroziliklar bildirilayotgan hududda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan. Noroziliklarni «Yer birlashtiradi» tashkilotining vakillari boshlagan. Ushbu tashkilot tashabbusini o‘n minglab fermerlar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: AFP
Avval Litvada qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarining traktorlar karvoni bilan Vilnyus shahrida namoyish o‘tkazgani, Xorvatiyada esa o‘qituvchilarning maosh oshirilishini talab qilib Zagrebdagi markaziy maydonga to‘plangani haqida xabarlar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Traktorlarda norozilik bildirayotgan minglab fermerlar Berlin markazidagi ko‘chalarni yopib qo‘ydi