07:30 / 28.11.2019
3 121

Esseks shahridagi yuk mashinalarida o'liklar: qurbonlarning jasadlari Vetnamga qaytarildi

Esseks shahridagi yuk mashinalarida o'liklar: qurbonlarning jasadlari Vetnamga qaytarildi
Buyuk Britaniyadagi muzlatgichli yuk mashinasida o‘lik holda topilgan 16 ta Vetnamliklarning jasadi uylariga jo‘natildi.
23 oktyabr kuni Esseks shahrida topilgan 39 muhojirlar orasida - sakkiz ayol va 31 erkak, shu jumladan 15 yoshli ikki o‘g‘il bola edi.
Jasadlar Xanoyning Noi Bai aeroportiga olib kelingan va tez yordam bilan uylariga olib ketilgan.
Buyuk Britaniya va Vetnamda olib borilgan tergovlar natijasida yuk mashinasi haydovchisi noqonuniy immigratsiyaga yordam berish uchun fitna uyushtirganini tan oldi.
Uylariga yetib borgan qurbonlarning oila a’zolari juda qayg‘uda va shu bilan birga bolalarining hech bo‘lmaganda jasadi kelganiga ham shukr qilishgan.

Qolgan qurbonlarning jasadlari yaqin kunlarda uylariga jo‘natiladi.
Har bir jasadni vataniga qaytarish va qurbonlarning oilasiga 66,2 million Vetnam dongidan ($ 2,856; 2,204 funt) ko‘proq mablag‘ ajratilgan, dedi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
Vetnamning bir nechta tashkilotlari qurbonlarning oilalariga yordam berish uchun pul yig‘ishdi. Hozirda 110 ming dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘ilgan.

Qurbonlardan biri, Pham Thi Tra My 22 oktyabr kuni kechqurun uning oilasiga ushbu qayg‘uli xabarlarni yuborgan: "Meni chet eldagi sayohatim qayg‘uli yakun topmoqda. Men bu dunyoni tark etyapman, sizlarni juda ham yaxshi ko‘raman".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Esseks shahridagi yuk mashinalarida o'liklar: qurbonlarning jasadlari Vetnamga qaytarildi