23:52 / 27.11.2019
7 875

Dunyodagi eng chiroyli futbol maydonlarini ko‘rganmisiz?

Dunyodagi eng chiroyli futbol maydonlarini ko‘rganmisiz?
Barchamizga ma’lumki, futbol dunyo bo‘yicha eng ommabop sport turiga aylangan. Shu sababli barcha mamlakatlarda futbol o‘ynash uchun ajoyib hamda qulay maydonlar barpo etilgan. Bugun biz dunyodagi eng chiroyli TOP 8 ta futbol maydonlarini e’tiboringizga havola etamiz. Ular quyidagilar.

1. "Uembli" stadioni, Buyuk Britaniya

Bu stadion "Futbol uyi" nomi bilan ham mashhur. Eng chiroyli stadionlar ro‘yxatidan 1-o‘rinni egallagan. U o‘zining dizayni, hajmi, tarixiy ahamiyatga egaligi hamda ko‘plab tajribali futbolchilarni qarshi olganligi bilan buyuklik darajasigacha ko‘tarilgan.

2. "Camp Nou" stadioni, Ispaniya

Deyarli hamma narsada raqib bo‘lgan holda, "Real" va "Barselona" klublari o‘zlarining stadionlarida ham bir-birlarini ortda qoldirishga intilishlari tabiiy holdir. Bu holatda har doimgidek "Barselona" jamoasi o‘z uyida peshqadamlik qilib boradi. "Camp Nou" www.lazanews.com hisob-kitoblari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

3. "Allianz Arena" stadioni, Germaniya

Bu maydonning zamonaviy dizayni barchani hayratga solib kelmoqda. Uning o‘ziga xos xususiyati mavjud. Masalan, jamoalar uchun rangini o‘zgartira oladi. Ya’ni, Bavariya uchun qizil rang, Myunxen uchun esa ko‘k rangdan foydalaniladi.

4. "Azteka" stadioni, Meksika

Bu stadionning sig‘imi 104000 kishiga mo‘ljallangan. Futboldagi eng ajoyib lahzalar aynan shu stadionda muhrlangan.

5." Marakana" stadioni, Braziliya

Bu maydon Rio de Janeyroning qoq yuragida, ya’ni markazida joylashgan.
1950 yil Braziliya va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi final bosqich o‘yinini 199 854 nafar futbol muxlislari aynan "Marakana" stadionida tomosha qilishgan.

6. "Santyago Bernabeu" stadioni, Ispaniya

"Real Madrid" ning uyi desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Haqiqatdan ham bu stadionda eng mashhur hamda qimmatbaho futbolchilar, ya’ni Krishtianu Ronaldu, Ferens Pushkash va Zayniddin Zidanlar o‘yinga tushgan.

7. "Anfield Road" stadioni, Buyuk Britaniya

"Liverpul" ning eng sevimli uyidir. Kattaligi hamda o‘zgacha ko‘rinishi bilan diqqatga sazovar bo‘lgan. U yerdagi "Sen hech qachon yolg‘iz yurmaysan" shiori futbolchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

8. "Futbol shahri", Janubiy Afrika

2009 yilda "Kaizer Heads" uyi bo‘lmish ushbu stadion 2009 yil qayta ta’mirlandi. Chunki 2010 yilda bu maydonda Jahon kuboki marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng chiroyli futbol maydonlarini ko‘rganmisiz?