15:07 / 28.11.2019
2 636

Traktorchilar Parijga olib boruvchi yoʻllarni yopib qoʻydi (video)

Traktorchilar Parijga olib boruvchi yoʻllarni yopib qoʻydi (video)
Foto: Le Figaro
Fransiyada 27-noyabr, chorshanba kuni traktorlarni boshqarayotgan qishloq xoʻjaligi xodimlari Parijga olib boradigan avtomobil yoʻllarini yopib qoʻydi. Ular ushbu harakat bilan mehnat shart-sharoitlarining ogʻirlashgani, xalqaro tashkilotlarning va mahalliy hokimiyatning turli talablariga qarshilik koʻrsatmoqda, deb yozgan Le Figaro.

Qishloq xoʻjaligi xodimlarining milliy kasaba qoʻmitalari federatsiyasi maʼlumoti boʻyicha norozilik harakatlarida 1500 ta traktor va jami 10 000 nafar fermer ishtirok etmoqda. 250 ga yaqin traktorlar Parij koʻchalarigacha kirib kelib ulgurgan va Fosh shoh koʻchasi orqali miting oʻtkaziladigan maydonga kirgan.

Namoyishchilarning muayyan qismi Parijga bormay poytaxt atrofidagi yerlarni yopish, xususan, Sharl de Goll aeroportiga olib boruvchi trassani toʻsib qoʻyishga urinmoqda.

Norozilik bildirayotganlar savdo erkinligi va ichki direktivlar toʻgʻrisidagi kelishuvga qarshi chiqmoqda va ushbu hujjatning mehnatni chegaralab qoʻyishi, import mahsulotlari raqobatiga salbiy taʼsir koʻrsatishini bildirgan. Shuningdek, 2018-yilda qabul qilingan fermerlar manfaatlarini himoya qilishi va aholining ekologik toza mahsulotlarga boʻlgan talabini barqaror ravishda toʻldirib borishi haqidagi Egalim qonunining toʻliq kuchga kirmagani ham qishloq xoʻjaligi vakillarining noroziligiga sabab boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Traktorchilar Parijga olib boruvchi yoʻllarni yopib qoʻydi (video)